» » Oston O‘runov “Spartak”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Oston O‘runov “Spartak”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi


O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov yangi jamoasi “Spartak”da qancha maosh olishi xabar qilindi.

Sport24’ning “RB-Sport”ga tayanib bergan xabarida aytilishicha, 19 yoshli futbolchi moskvaliklar klubida yiliga 600 ming yevro (taxminan 7 milliard 138 million so‘m) maosh oladi.

Avvalroq O‘runov 2 million yevro evaziga “Spartak” klubiga yo‘l olishi xabar qilingandi. Biroq “Ufa” vakillari rasmiy taklif kelib tushmagani va muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

Sport24 portalining veriyasiga ko‘ra, Ostonda koronavirus aniqlangan. Futbolchi sog‘ayishi bilan kelishuv rasmiylashtiriladi.

“Ufa” Oston O‘runovni 2020-yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premyer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.

Oston O‘runov ijrosidagi super driblinglar va fintlarni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют