» » Shayxontohurdagi “Yoshlik” sport majmuasida tashkil qilingan taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi

Shayxontohurdagi “Yoshlik” sport majmuasida tashkil qilingan taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinadi


Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun maxsus markazga aylantirildi. Bu haqda Shayxontohur tumani hokimligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, ushbu markaz bemorlar uchun 520 nafar koyka-o‘ringa ega bo‘lib, barcha zarur tibbiy jihoz va uskunalar bilan ta’minlangan. Tibbiyot xodimlarining yashashi va ish faoliyatlarini olib borishlari uchun yotoqxona va barcha sharoitlar mavjud.

Ish 15 kunlik navbatchilik tartibida tashkil qilinadi hamda xodimlarga quyidagi miqdorlarda ish haqi to‘lanadi:

Ish vaqti 12 soatdan iborat bo‘lib, 8 soat ish, 4 soat dam olish vaqtini tashkil etadi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlari tibbiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi va ovqatlanish ham ish beruvchi hisobidan bo‘lib, maoshlar har kuni to‘lab boriladi. Tuman hokimligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ish haqi to‘lovi davlat budjeti hisobidan amalga oshirilmaydi.

Mazkur taqsimlash markazida ishlashni xohlovchilar quyidagi telefon raqami orqali bog‘lanishi mumkin: +998712496381.

Bunga qadar Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasining pavilyonlarida koronavirusga gumon qilingan va kasallangan bemorlarni taqsimlash markazi tashkil qilinib, u yerga ham tibbiyot xodimlari ishga qabul qilingan va markaz o‘z faoliyatini boshlagandi.

Bundan tashqari, Sergeli tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida koronavirusga gumon qilinganlarga tashxis qo‘yish, zaruratga ko‘ra davolash uchun sharoit yaratilgan.

Shu bilan birga, Toshkentda koronavirusga gumon qilinganlar va kasallanganlarga yordam ko‘rsatadigan va tun-u kun ishlaydigan 10 ta maxsus klinika tashkil qilindi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga harbiy shifokorlar ham jalb qilinadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют