» » Yashnobod tumanidagi qabulda fuqaroga Toshkent tibbiyot akademiyasida bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi

Yashnobod tumanidagi qabulda fuqaroga Toshkent tibbiyot akademiyasida bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi


O‘zbekistonning turli hududlarida tashkil etilayotgan sayyor qabullarga tibbiy masalada yordam so‘rab kelayotgan fuqarolarning talablari o‘rinli bo‘lsa, shu yerning o‘zida yechimini topmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi qabulida nogironlik aravachasi so‘rab kelgan Farid Eshniyozovning arzi qanoatlantirildi.

Sergey Sitsaringa esa Toshkent tibbiyot akademiyasi urologiya bo‘limida bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Murojaat qiluvchilar orasida mahalla ko‘chalarini asfalt qilish, yoritish tizimini yaxshilash, bolalar maydonchalari barpo etish, ko‘p qavatli uylardagi yo‘laklar, tom va yerto‘lalarni ta’mirlash kabi ko‘pchilikning manfaatini himoyalash maqsadida kelganlar ham anchagina. Ularning har biri bilan tuman hokimligi mutasaddilari suhbatda bo‘lib, har bir murojaat qayd etildi va ular bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladigan bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют