» » Odil Ahmedov: “Oston O‘runovning “Spartak”ka o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi”

Odil Ahmedov: “Oston O‘runovning “Spartak”ka o‘tishi o‘zbek futboli imijini ko‘taradi”


Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov vatandoshi Oston O‘runovning “Ufa”dan “Spartak” safiga o‘tayotgani borasida fikr bildirdi.

“Oston O‘runov Moskvaning “Spartak” jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni eshitdim. Umid qilamanki, unda hammasi o‘xshaydi. O‘runovda jangovar salohiyat bor, u haqiqiy professional, shu sabab agar u “Spartak”ka yo‘l oladigan bo‘lsa, o‘ynab ketishiga ishonaman.

Men Ostonni yaxshi bilaman, garchi u bilan hech qachon suhbatlashmagan bo‘lsamda, bir vaqtlar Vadim Yevseyevga O‘runov “Ufa”ning ishonchini oqlashini yozgandim. Shuni aytishim mumkin, Oston “Spartak”dagi harakatlari bilan o‘zbek futboli imijini ko‘tarishi mumkin. Endi O‘zbekistonda ko‘pchilik “Spartak”ka muxlislik qiladi.

Endi Tedeskoga (“Spartak” bosh murabbiyi — izoh “Daryo”) SMS yuboramanmi? Bilmasam, menda uning raqami yo‘q, agar bo‘lganida xat yozib yuborardim (kuladi)”, — deydi Ahmedov.

Avvalroq “Spartak” Oston O‘runov transferi borasida “Ufa” bilan kelishib olgani va futbolchi koronavirusdan xalos bo‘lishi bilan shartnoma rasmiylashtirilishi xabar qilingandi. Transfer 2 million yevroga baholangan. 19 yoshli futbolchi moskvaliklar safida yiliga 600 ming yevro maosh oladi.

Oston O‘runov ijrosidagi super driblinglar va fintlarni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют