» » O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Sanitariya-epidemiologiya xizmati moliyaviy hisobotlarini jamoatchilikka e’lon qilib boradi

O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Sanitariya-epidemiologiya xizmati moliyaviy hisobotlarini jamoatchilikka e’lon qilib boradi


O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalari tugatildi.

Mazkur ikki tuzilma o‘rniga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

Hujjatga muvofiq Sanitariya-epidemiologiya xizmatining tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining amaldagi oylik ish haqlariga qo‘shimcha ravishda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lganda lavozim maoshiga 30 foiz, fan doktori ilmiy darajalariga ega bo‘lganda 60 foiz har oylik ustamalar belgilanadi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati davlat budjetidan tizimga ajratilgan mablag‘lar, ularning sarflanish yo‘nalishlari, samaradorlik natijalari yuzasidan ma’lumotlarni har oy yakuni bo‘yicha jamoatchilikka e’lon qiladi va o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.

Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya xizmatining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi ham tashkil etildi.

Mavzuga doir:O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlarga uning natijalari haqida 3 kunda telefon orqali xabar beriladi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil aprel oyida O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya xizmatida ishlaydigan 11 ming xodimning ish haqi 2,5 baravarga oshirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют