» » O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini muddati o‘zgardi

O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini muddati o‘zgardi


O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi 4-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yini boshqa kunga ko‘chirildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur uchrashuv Tojikiston futbol federatsiyasining iltimosiga ko‘ra 3-sentabrga ko‘chirilgan.

Uchrashuv 3-sentabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

7-sentabrga belgilangan Eron terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘z vaqtida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashi doirasidagi o‘yinlarni qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCh—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8-oktabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13-oktabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют