» » “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimlash markaziga 300 nafar bemor joylashtirilgan Markazda jonlantirish bo‘limi ochilishi kutilmoqda

“O‘zekspomarkaz”dagi taqsimlash markaziga 300 nafar bemor joylashtirilgan Markazda jonlantirish bo‘limi ochilishi kutilmoqda


“O‘zekspomarkaz”dagi Taqsimlash markazi ish faoliyati, shifokorlarning u yerdagi ish jarayoni, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqidagi lavha UzReport telekanalida efirga berildi.

Mutaxassislardan biri Taqsimlash markazida ayni paytda 300 nafar bemor borligi, ushbu markazda reanimatsiya bo‘limini ochish rejalashtiriayotganini ma’lum qilgan.

“Shuningdek, “O‘zekspomarkaz”da COVID-19’ga chalingan bemorlar uchun tashkil etilgan taqsimlash markazida katta monitor o‘rnatilgan. Taqsimlash markazidagi bemorlarning yaqinlari va qarindoshlari xavotirga berilmay ichkarida ro‘y berayotgan vaziyatdan monitor orqali xabardor bo‘lishi mumkin”, – deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabarida.

“O‘zekspomarkaz”da joylashgan tibbiyot markazida bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, ahvoli og‘ir bemorlar barcha sharoitlar, xususan, kislorod ta’minotiga ega shifoxonalarga yo‘naltiriladi. O‘rtacha og‘irlikdagi bemorlarga ambulator sharoitda muolajalar tavsiya qilinadi. Kasallikni yengil shaklda boshdan kechirayotganlar esa uy sharoitida shifokor nazorati ostida davolanadi. Bu tibbiyot tizimiga tushayotgan bosimni pasaytiradi.

“Markazda 250 nafar tibbiyot mutaxassislari faoliyat yuritishi rejalashtirilgandi. Hokimlik tashabbusi bilan yaratilgan markazga shaharning turli hududlaridan COVID-19’ga gumonlangan fuqarolar olib kelinmoqda”, – deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Avval Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasi koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorlarni davolash uchun maxsus markazga aylantirilishi xabar qilingan, bunga qadar Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasining pavilyonlarida koronavirusga gumon qilingan va kasallangan bemorlarni taqsimlash markazi tashkil qilinib, u yerga ham tibbiyot xodimlari ishga qabul qilingan va markaz o‘z faoliyatini boshlagandi.

Bundan tashqari, Sergeli tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida koronavirusga gumon qilinganlarga tashxis qo‘yish, zaruratga ko‘ra davolash uchun sharoit yaratilgan.

Shu bilan birga, Toshkentda koronavirusga gumon qilinganlar va kasallanganlarga yordam ko‘rsatadigan va tun-u kun ishlaydigan 10 ta maxsus klinika tashkil qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют