» » Xitoyda so‘nggi sutkada 101 kishida, Janubiy Koreyada esa 48 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda so‘nggi sutkada 101 kishida, Janubiy Koreyada esa 48 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 101 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 27 ta holat aniqlandi, bemorlarning 10 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Aniqlangan yangi kasallanish holatining 98 tasi mamlakatning o‘zida (89 tasi — Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida, Lyaonin provinsiyasida — 8 ta, Pekinda — 1 ta) qolgan 3 tasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 84 060 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 944 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 482 kishi davolanishda qolmoqda.

Bir kun avval Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 68 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 34 ta holat aniqlangan edi.

Mavzuga doir: JSST butun dunyoda COVID-19 pandemiyasining faqat bitta to‘lqini kuzatilishini bildirdi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 48 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 14 251 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Regnum”.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 34 tasida virus chetdan yuqtirilgan.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreyada COVID-19’dan tuzalganlarning umumiy soni 13 069 nafarga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana bir bemor koronavirusdan vafot etgan. Shunday qilib, Janubiy Koreyada COVID-19 qurbonlari soni 300 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: JSST rahbari dunyoda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют