» » Andrey Kanchelskis: O‘zbek futboli rivojlanmoqda, Rossiya esa orqaga ketyapti

Andrey Kanchelskis: O‘zbek futboli rivojlanmoqda, Rossiya esa orqaga ketyapti


“Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Ufa” yarim himoyachisi Oston O‘runovni bir qator o‘zbek futbolchilari bilan solishtirdi va o‘zbek futbolidagi o‘sishga sharh berdi.

“O‘runovni “Lokomotiv” sotib olgan Jasur Jaloliddinov bilan solishtirsak — Jasur Ostondek yetilgan futbolchi emas. Ostonda kuch, jismoniy ko‘rsatkichlar va texnika bor.

Uni Shomurodovga qiyoslash mumkin, biroq Eldor — goleador hujumchi. Koronavirus uning sermahsulligiga biroz salbiy ta’sir qildi. Tushunamiz, bu juda og‘ir. Biroq tanaffus O‘runov uchun foydali bo‘ldi.

Ostonga omad, sog‘liq va “Spartak”da o‘z o‘rini topib ketishini tilash qolaman. Bu buyuk klub. Nima bo‘lganda ham u yerga o‘tish — bu haqiqatda ajoyib. Bunday katta jamoada o‘ynash qimmat turadi”.

Rossiyada o‘zbek futbolchilarining ko‘payib borayotgani haqida

“Rossiya Premyer Ligasiga ba’zida munosib futbolchilar yo‘l oladi, biroq Rossiya sport maktablarida katta muammolar bor. Bizning futbolga firibgar va havaskorlar to‘siq bo‘lmoqda...

Har doimgidek barchasi pulga borib taqaladi, Rossiya futbol ittifoqida esa muttahamlar ishlaydi. Deyarli har bir rus klubida qalloblar o‘tiradi. Futbolga aloqasi yo‘q odamlar bilan nimani ham gaplashish mumkin?

Rossiyaga sobiq ittifoq hududidan kelayotgan futbolchilar haqida gapirsam... Bilmadim, O‘zbekistonda ishlayapman va bu yerda juda yaxshi futbolchilar bor. Ular o‘z ustida ishlab, Xitoy, Koreya va Yaponiyaga ketmoqda. Ular rivojlanmoqda, biz esa orqaga ketyapmiz — mana sizga javob”, — deydi Kanchelskis.

Avvalroq “Spartak” Oston O‘runov transferi borasida “Ufa” bilan kelishib olgani va futbolchi koronavirusdan xalos bo‘lishi bilan shartnoma rasmiylashtirilishi xabar qilingandi. Transfer 2 million yevroga baholangan. 19 yoshli futbolchi moskvaliklar safida yiliga 600 ming yevro maosh oladi.

Oston O‘runov ijrosidagi super driblinglar va fintlarni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют