» » Twitter Donald Trampning koronavirusga qarshi dori mavjudligi to‘g‘risidagi retvitini o‘chirib tashladi

Twitter Donald Trampning koronavirusga qarshi dori mavjudligi to‘g‘risidagi retvitini o‘chirib tashladi


Twitter, Facebook va YouTube ijtimoiy tarmoqlari koronavirusga qarshi dori vositasi mavjudligini ta’kidlagan bir guruh shifokorlarning videosini o‘chirib tashladi. Ushbu videoni AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali bo‘lishgan, ijtimoiy tarmoq esa uni “ishonchsiz ma’lumot” deya o‘chirib yuborgan, deb xabar beradi CNN.

Videoda oq xalat kiyib olgan odamlar Vashingtondagi AQSh Oliy sudi qarshisida matbuot anjumani o‘tkazgan. Ular “Amerikaning yetakchi shifokorlari” guruhidan ekanliklarini ta’kidlagan. So‘zga chiqqanlar niqob taqishga zarurat yo‘qligini, koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun dori vositasi borligini ma’lum qilgan: “Gidroksixloroxin”, “Rux” va “Sitromaks”. Shuningdek, ular “Gidroksixloroxin”ning samarasiz ekanligini isbotlagan tadqiqotlar yolg‘on ekanligini va ularga hamon “soxta farmkompaniyalar” homiylik qilayotganini qayd etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar videoni o‘chirib tashlaguniga qadar, u internetda keng tarqalib ulgurgan: Facebook’da 14 million marotaba ko‘rilgan va 600 ming martadan ortiq “ulashilgan”, YouTube’da esa 40 ming martadan ortiq tomosha qilingan.

Twitter’ning aniqlik kiritishicha, ijtimoiy tarmoq koronavirusga oid ishonchsiz ma’lumotni aniqlash va o‘chirib tashlash siyosati doirasi ish tutgan. Facebook esa videoning o‘chirilishini “koronavirusga qarshi dorilar va uni davolovchi usullar to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumotlarni” tarqatgani bilan izohlagan.

Keyinroq Oq uyda o‘tkazilgan brifingda Tramp video nima sababdan o‘chirilganini tushunmayotganini va “Gidroksixloroxin”ning koronavirusni davolashda foydasi haqida ma’lum qilgan. “Men unga ishonaman. Undan foydalangan bo‘lardim. Bilasizki, men uni 14 kun davomida qabul qilib keldim. Ko‘rib turganingizdek, hozir shu yerdaman. O‘ylashimcha, u erta bosqichlarda foyda beradi”, — deydi Tramp.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari yakuniga yetganini e’lon qilgandi. Shuningdek, u yaqin haftalarda yana to‘rtta vaksinaning sinovi yakunlanishini bildirgan. 27-iyun kuni esa AQShda koronavirusga qarshi vaksinaning dunyodagi eng keng ko‘lamli klinik sinovlari boshlangan.

Mavzuga doir: “Koronavirusga qarshi vaksinatsiya 2021-yildan oldinroq boshlanmaydi” — JSST



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют