» » Toshkentda 3 oylik chaqaloqni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkentda 3 oylik chaqaloqni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi


Toshkent shahar IIBB xodimlari hamda prokuratura vakillari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxtda 3 oylik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, IIBBga bir ayol murojaat qilib, poytaxtda istiqomat qiluvchi 21 yoshli N.F. o‘zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga sotayotganini ma’lum qilgan.

Huquq-tartibot organlari vakillari tomonidan tezkor tadbirlar ishlab chiqilib, uni amalga oshirishga kirishilgan. Natijada N.F. va u bilan birga yashovchi, 24 yoshli A.Z. chaqaloq evaziga pul olayotganida ushlangan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan to‘plangan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirilgan.

Avvalroq Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingandi. Navoiyda esa 23 kunlik chaqalog‘ini 3 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish ochilgan. 14-iyul kuni Surxondaryoda farzandini qonuniy yo‘l bilan boshqa ayolga berishdan bosh tortib, uni sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlangan.

Mavzuga doir: Gulistonda bir yoshli bolasini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют