» » FT koronavirusga qarshi Amerika vaksinasining bir dozasi narxini ma’lum qildi

FT koronavirusga qarshi Amerika vaksinasining bir dozasi narxini ma’lum qildi


Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinaning bir kursini 50-60 dollar etib belgilash niyatida, bu har bir doza uchun taxminan 25-30 dollardan to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi Financial Times gazetasi.

Nashr manbalarining ma’lum qilishicha, bu kabi narx AQSh va aholisining daromadi yuqori darajada bo‘lgan mamlakatlar uchun mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, koronavirusga qarshi vaksina yaratish bilan shug‘ullanayotgan boshqa kompaniyalar o‘z dori vositalarini arzonroq narxda sotishni reja qilgan. Financial Times ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTtech kompaniyalari o‘tgan hafta AQSh hukumati bilan vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan bo‘lib, o‘z dori vositalari dozasini 19,5 dollardan baholagan. Niderlandiya, Germaniya, Fransiya va Italiyaga vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca kompaniyasi esa 3-4 dollar darajasida narx belgilagan.

Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Moderna kompaniyasi belgilangan narx “muzokaralarda yetarli darajada qiyinchiliklar tug‘diradi”. Shu sababli emlash kursining 50-60 dollarli narxi hali o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi sinovining uchinchi — yakuniy bosqichini boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Klinik sinovlarda 30 ming kishi ishtirok etishi belgilangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют