» » Donald Trampning o‘g‘li “Gidroksixloroxin” reklamasini joylagani uchun Twitter’da bloklandi

Donald Trampning o‘g‘li “Gidroksixloroxin” reklamasini joylagani uchun Twitter’da bloklandi


Twitter AQSh prezidentining o‘g‘li kichik Donald Trampning akkauntini blokladi. Bunga uning ijtimoiy tarmoqning dezinformatsiya siyosatini buzadigan tviti sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Vice nashriga tayanib Meduza xabar bermoqda.

Bu vaqtda kichik Tramp tvit yozolmaydi, layk qo‘yolmaydi va boshqalarning tvitini qayta nashr (retvit) qilolmaydi. Lekin shaxsiy xabarlar yozishga cheklovlar yo‘q.

Twitter vakili tvit o‘chirilmaguncha akkaunt bloklanganligini bildirdi.

Kichik Trampning akkaunti bloklanishiga sabab bo‘lgan tviti “Gidroksixloroxin”ni COVID-19 uchun dori sifatida reklama qilingan videodan iborat edi. Agar Trampning tvitiga kirilsa joylangan tvit ijtimoiy tarmoq siyosatiga to‘g‘ri kelmasligi haqida xabarnoma chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirlarida Twitter Trampning xabarini o‘quvchilarga uning ishonchli emasligini, qayta tekshirish talab etilishini bildiruvchi maxsus belgi bilan ajratgandi. Prezident bu holatni tanqid qilib ijtimoiy tarmoqni prezidentlik saylovlariga aralashganlikda ayblagan, uni AQSh hududida yopib yuborish bilan tahdid qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют