» » Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda karantin cheklovlarini uzaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda karantin cheklovlarini uzaytirish bo‘yicha topshiriq berdi


Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istondagi epidemiologik vaziyatga oid muammoli masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bosh vaziri Asqar Mamin prezidentga 5-iyuldan boshlab qat’iy karantin choralari joriy etilgach, yangi kasallanish holatlari 29 foizga kamayganini ma’lum qilgan. Kasallar soni sutkasiga 1500—1600 kishi darajasida barqarorlashgan. Statsionarlar yuklamasi 43 foizga, reanimatsiyalarda esa — 27 foizga kamaygan. COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 63 foizga oshgan, tez yordam chaqirishlar soni kamaygan.

Shunday qilib, sog‘liqni saqlash tizimida asosiy yuklama ko‘ratkichlarining pasayishiga erishilgan.

Asqar Mamin, shuningdek, Qozog‘iston prezidentiga vaziyat yuzasidan kunlik o‘tkazilayotgan monitoringlar, kasallanish va o‘lim holati, tibbiyot yordam ko‘rsatish sifati, aholini testdan o‘tkazish darajasi, dori vositalari va tibbiyot qurilmalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot bergan.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy To‘qayevga infratuzilma obyektlarining epidemiologik vaziyat va iqtisodiyotga ta’sirini hisobga olgan holda karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatish usullari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tgan.

Davlat rahbari koronavirus infeksiyasi oqibatida yuzaga kelayotgan o‘lim ko‘rsatkichini yanada kamaytirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.

“Iyul oyida joriy etilgan cheklovlarning ijobiy ta’sirini yanada kuchaytirish hamda Qozog‘iston va qo‘shni davlatlardagi epidemiologik vaziyatning murakkablashishini hisobga olgan holda, Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat komissiyasiga karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish orqali ikki haftaga uzaytirish bo‘yicha topshiriq berdi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Qozog‘istonda 3-avgustdan karantin cheklovlari yengillashtirilishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 5-iyuldan boshlab ikki haftaga qat’iy karantin rejimi joriy qilingan. 13-iyul kuni esa Qozog‘istonda koronavirus qurbonlarini xotirlash kuni deya e’lon qilingandi. Keyinroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda karantin cheklovlari iyul oyining oxirigacha uzaytirilishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют