» » Karlo Anchelotti: “Ronaldu o‘zi uchun odatiy mavsumni o‘tkazdi. Keyingi yil u bundan ham yaxshiroq o‘ynaydi”

Karlo Anchelotti: “Ronaldu o‘zi uchun odatiy mavsumni o‘tkazdi. Keyingi yil u bundan ham yaxshiroq o‘ynaydi”


“Everton” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning ushbu mavsumdagi o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“U odatdagidek mavsumni yuqori darajada — sifatli, jiddiy va professional tarzda o‘tkazdi. Ronaldu ko‘plab gollar urdi. Kelasi mavsumda ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga shubha qilmayman”, — deydi Anchelotti.

Qayd etish joiz, Anchelotti Krishtianu bilan 2013—2015-yillarda “Real”da birga ishlagan.

35 yoshli Ronaldu A Seriyaning 2019/20-yilgi mavsumida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi. Uning Turin klubi bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Ronaldunining  ayni damdagi transfer narxini 60 million yevro qilib qayd etgan.

Krishtianu Ronalduning La Ligadagi top-10 golini esga olamiz (video)

Mavziga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют