» » Bill Geyts koronavirusdan o‘limlar soni yil oxiriga qadar kamayishini bashorat qildi

Bill Geyts koronavirusdan o‘limlar soni yil oxiriga qadar kamayishini bashorat qildi


Microsoft kompaniyasi asoschisi, milliarder Bill Geytsning ta’kidlashicha, COVID-19 bemorlarini davolashda ishlatiladigan antiviral (virusga qarshi) preparatlar tufayli koronavirus infeksiyasidan o‘limlar 2020-yil oxiriga qadar sezilarli darajada kamayishi mumkin. Bu haqda Meduza nashri xabar qildi.

“Siz himoya vositalariga qaraganda terapevtik muolajalarning foydasini ko‘proq ko‘rishingiz mumkin”, – dedi Geyts.

Geyts, birinchi bo‘lib COVID-19’ni davolashda yetakchi dorilardan biri bo‘lgan, Ebola virusini davolash uchun ishlab chiqilgan “Remdesivir” dorisini tilga oldi. “Remdesivir” an’anaviy dorilar bilan solishtirganda o‘ta og‘ir bemorlarda o‘limni 62 foizga kamaytirgan. Bundan tashqari, Geytsning ta’kidlashicha, olimlar yana ikkita antiviral preparatni o‘rganmoqda.

Mavzuga doir: Tramp koronavirusni davolovchi “Remdesivir” preparatining deyarli barcha zaxirasini sotib olayotganini tan oldi

Jons Hopkins universitetining 29-iyuldagi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalingan 16,5 million bemordan 655 ming nafari vafot etgan. 9,6 milliondan ortiq odam kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Iyun oyida Bill Geyts odamlarni COVID-19’ga qarshi emlash niqobi ostida mikrochip qilish niyatida bo‘lgan fitna nazariyasini rad etdi.

“Men hech qachon mikrochip kabi narsalar bilan shug‘ullanmaganman. Bunga raddiya berib ham bo‘lmaydi, chunki bu juda g‘alati va ahmoqona”, — dedi milliarder.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют