» » Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 28 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa COVID-19 qurbonlari soni 793 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 28 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa COVID-19 qurbonlari soni 793 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 760 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 784 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1544 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 86 192 kishiga yetgan. Hozirga qadar 54 404 kishi sog‘aygan. Rasmiy statistikada vafot etganlar soni 793 kishini tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda sun’iy nafas oldirish apparatlarini noqonuniy tarzda O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Qirg‘izistonda 29-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 668 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kloop.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 118 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniyaga chalinganlarning umumiy soni 34 512 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 18 kishida koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgan qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1347 kishiga yetdi. Hozirga qadar 23 343 nafar bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda koronavirus qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilinadi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 36 368 kishiga yetgan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 25 358 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1270 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 7276 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada o‘tgan sutka davomida yana 41 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 37 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 60 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 6065 bemor (83,3 foiz) sog‘aygan.

Mavzuga doir: JSST butun dunyoda COVID-19 pandemiyasining faqat bitta to‘lqini kuzatilishini bildirdi

O‘zbekistonda 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 22 169 taga yetdi. Hozirgacha mamlakatda 12 265 kishi koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan, SSV hisobi bo‘yicha 127 kishi COVID-19 asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют