» » Sirdaryoda Isuzu urgan Lacetti yonib ketdi

Sirdaryoda Isuzu urgan Lacetti yonib ketdi


Sirdaryo viloyatida Isuzu va Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda Lacetti avtomobili yonib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 28-iyul kuni soat taxminan 18:50 da, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining 103-kilometrida haydovchi 1969-yilda tug‘ilgan N. E. Isuzu avtomashinani Toshkent–Guliston yo‘nalishida boshqarayotib, Guliston–Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelib ruxsat etilgan joydan qayrilib olgan haydovchi 1986-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Lacetti transport vositasining orqa tomoniga borib urgan.

Zarb oqibatida Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi bo‘lakni ajratuvchi beton to‘siqqa urilgan va avtomashinada yong‘in yuzaga kelgan.

Ta’kidlanishicha, Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi M. A. va yo‘lovchilari N. A., I.M. va A.M. zudlik bilan evakuatsiya qilingan. YTH va yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют