» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 234 nafar homilador ayolning 7 nafari vafot etgan

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 234 nafar homilador ayolning 7 nafari vafot etgan


O‘zbekistonda hozirga qadar 2,5 mingdan ortiq homilador ayol karantin nazoratiga olingan, ulardan 234 nafarida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Barno Abdusamadova ma’lum qildi.

Vazirlik mas’ulining xabar berishicha, kasallik tasdiqlangan homilador ayollarning 120 nafari sog‘ayib, uyiga ruxsat berilgan. Kasallanganlar orasida 2,9 foiz holatda o‘lim qayd etilgan.

Barno Abdusamadovaning so‘zlariga ko‘ra, kasallik oqibatida vafot etgan homilador ayollarda semizlik, yurak qon-tomir yetishmovchiligi, nafar tizimi kasalliklari, buyrak kasalliklari kabi hamroh kasalliklar kuzatilgan.

Vazirlik vakili tomonidan berilgan statistik ma’lumotdan kelib chiqilsa, koronavirusga chalingan 7 nafar homilador ayol kasallik qurboni bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida 28-iyul kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli va 34 yoshli ikki homilador ayolning, 27-iyul kuni 35 yoshli va 32 yoshli homilador ayollarning vafoti haqida xabar bergandi. 26-iyul kuni koronavirusga chalingan 34 yoshli yana bir toshkentlik homilador ayol vafot etgan. 24-iyul kuni Qashqadaryoda 35 yoshli homilador ayol koronavirus qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgan.

Vazirlik kasallik oqibatida vafot etgan yana bir ayol haqida xabar bermagan. Rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgani haqida 9-iyul kuni xabar berilgan 28 yoshli jizzaxlik ayol ham homilador bo‘lgan.

Avvalroq O‘zbekistonda 8-iyulga qadar 208 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют