» » Buxoroda oilaviy yotoqxonadan uy berish evaziga 4 ming dollar so‘ragan mansabdor jinoyat ustida qo‘lga olindi

Buxoroda oilaviy yotoqxonadan uy berish evaziga 4 ming dollar so‘ragan mansabdor jinoyat ustida qo‘lga olindi


Buxoro shahar hokimligi qoshidagi Uy-joylarni hisobga olish va noturar joylardan foydalanish davlat korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari oilaviy yotoqxonadan uy rasmiylashtirib berish evaziga 4 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.H. shahar hokimligi qoshidagi Uy-joylarni hisobga olish va noturar joylardan foydalanish davlat korxonasiga murojaat qilib, boquvchisini yo‘qotganligini, oilaviy sharoiti og‘irligini, uyga muhtojligini ma’lum qilib, uy ajratishni so‘ragan.

Murojaatchini qabul qilgan mas’ul, shahar hokimligi qoshidagi uy-joylarni hisobga olish va noturar joylardan foydalanish davlat korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari R.S. fuqaroga oilaviy yotoqxonada uy yo‘qligini, ammo qizining nomidagi uyini uning nomiga o‘tkazib berishini aytib, evaziga 4 ming dollar so‘ragan.

Fuqaro bu haqda 2020-yil 24-iyul kuni DXX viloyat boshqarmasiga shikoyat qilgan. Fuqaro arizasiga asosan, 28-iyul kuni DXX viloyat boshqarmasi hamda bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor 4 ming dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, mansabdor R.S. 2007-yilda ham pora bilan qo‘lga olingan. O‘shanda u Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan aybdor deb topilib, 14 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, 3 yilga muayyan huquqi cheklangan. Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2015-yil 17-iyuldagi qaroriga ko‘ra, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bilan shug‘ullangani uchun 3 yil muddatga axloq tuzatish jazosini o‘tagan. Biroq u qo‘llanilgan jazo choralaridan xulosa chiqarmagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют