» » Islom Maxachevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Islom Maxachevning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


Yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi rossiyalik yakkakurashchi Islom Maxachev 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 254 musobaqasida oktagonga qaytadi.

Bu haqda uning menejeri Ali Abdulaziz ma’lum qildi.

“Islom Maxachev ham Habib ishtirok etadigan kardda jang qiladi”, — deydi Abdulaziz.

Rossiyalik yakkakurashchining raqibi kim bo‘lishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, UFC 254 musobaqasining asosiy jangi yengil vazn chempionlik kamari uchun Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Musobaqa qayerda o‘tkazilishi rasman tasdiqlanmadi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, UFC kechasiga Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli” mezbonlik qiladi.

28 yoshli Maxachev ketma-ket olti jangdan buyon mag‘lub bo‘lmay kelmoqda va UFC yengil vazn divizionida 11-o‘rinda bormoqda.

Islom MMA’da 19 jang o‘tkazib, ularning 18 tasida g‘alaba qozongan (10 ta muddatidan avval) va bir bor mag‘lub bo‘lgan.

Islom Maxachev ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (ko‘rish).

Mavzuga doir: Habibning menejeri: Konor revanshni xohlasa, avvaliga Islom Maxachev bilan jang qilsin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют