» » Buxoro hokimligining soxta xodimi firibgarlik yo‘li bilan 800 dollar olayotganida qo‘lga olindi

Buxoro hokimligining soxta xodimi firibgarlik yo‘li bilan 800 dollar olayotganida qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining Vobkent tumanida yashovchi fuqaro D.H. tumanning Xargo‘sht qishlog‘ida yashovchi ayolga o‘zini viloyat xokimligi qurilish bo‘limi xodimi deb tanishtirib, 800 dollar evaziga kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan uydan olib berishga va’da beradi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Buxoro xokimligining soxta xodimi turmushidan ajralgan ayolning qiyin ahvoldaligi va uyga muhtojligidan foydalanib, daromad orttirishni maqsad qiladi.

2020-yilning 27-iyul kuni bu haqda DXX viloyat boshqarmasiga murojaat qilgan ayolning arizasiga ko‘ra, shu kuni DXX xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda D.H. ariza muallifidan 800 dollar olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют