» » Koronavirusdan samarali himoya qiladigan tibbiy niqob qanday bo‘lishi kerakligi aytildi

Koronavirusdan samarali himoya qiladigan tibbiy niqob qanday bo‘lishi kerakligi aytildi


Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalanishda eng yaxshi samara beradigan tibbiy niqob qanday bo‘lishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda ScienceDaily xabar bergan.

Tadqiqotchilar uch xil turdagi tibbiy niqobni o‘zaro solishtirgan: bir qavatli qo‘lbola niqob, ikki qavatli ipak niqob hamda uch qavatli jarrohlik niqobi.

Olimlar o‘z tajribasi uchun yuqori yoritish tizimiga ega maxsus diod chiroqlaridan va yuqori tezlikda tasvirga tushiradigan kameradan foydalangan. Ular mazkur qurilmalar yordamida suhbat davomida mikroskopik tomchilar, yo‘tal va aksa urish zarralarining har bir turdagi niqobdan o‘tishini kuzatgan.

Videoyozuv uch qavatli jarrohlik niqobi eng samarali himoya vositalaridan biri ekanini ko‘rsatgan, lekin bir qavatli tibbiy niqob ham tarqalayotgan zarra tomchilar sonini kamaytira olgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, niqobning himoyaviy xususiyatlariga unga ishlatilgan xomashyo, dizayn, yuzga qay darajada yaqin taqish va niqobning yuvilish holati ham ta’sir ko‘rsatadi.

Avstraliyalik olimlar fikricha, qo‘lbola niqoblarni ham ikki qavatli ipak materialdan tayyorlash lozim.

Mavzuga doir: Niqob qanday foyda beradi? Oddiy video orqali ko‘rsatib berildi

Avval 25-iyulda Lissabondagi molekulyar tibbiyot instituti mutaxassislari SARS-CoV-2 koronavirusini yo‘q qila oladigan tibbiy niqob yaratgan. Niqob ko‘p martalik shaxsiy himoya vositasi bo‘lib, maxsus suv o‘tkazmaydigan bir necha qavatdan iborat.

Shuningdek, may oyida  Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi (JAMA) jurnalida chop etilgan Ayova shtati olimlar guruhi tadqiqotlarida koronavirusdan himoyalanish uchun tibbiy niqoblardan ko‘ra plastmassadan yasalgan qalqonlar ko‘proq samara berishi qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют