» » Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlandi

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlandi


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlandi. Buni uning o‘zi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

“Test natijasiga ko‘ra, menda koronavirus aniqlangani rost. Ayni paytda davolanyapman”, — dedi Otabekov.

Nurmat Otabekov 27-iyul kuni AOKA shtabida tashkil qilingan brifingda ham ishtirok etib, bir qator savollarga javob bergandi.

Ma’lumot uchun, Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 2020-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют