» » Jahonning eng qimmat futbol klublari reytingi e’lon qilindi

Jahonning eng qimmat futbol klublari reytingi e’lon qilindi


Angliyaning Brand Finance konsalting kompaniyasi jahonning eng qimmat futbol brendlari reytingini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan Madridning “Real” klubi o‘rin oldi. “Qirollik klubi”ning narxi 1,846 milliard dollardan 1,572 milliard dollarga pasaygan. Madrid klubi o‘tgan yili ham ro‘yxatda birinchi bo‘lgandi.

Ikkinchi o‘rinda “Barselona” klubi qayd etilgan, 2019-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan bir pog‘ona yuqorilagan katalonlar 1,565 milliard dollarga baholangan. “Manchester Yunayted” esa (1,456 mlrd dollar) uchinchi o‘rindan joy olgan.

Dunyoning eng qimmat o‘n klubi bilan tanishing:

1 (1). “Real» (1,572 milliard dollar)

2 (3). «Barselona” (1,565 mlrd)

3 (2). “Manchester Yunayted” (1,456 mlrd)

4 (6). “Liverpul” (1,398 mlrd)

5 (5). “Manchester Siti” (1,245 mlrd)

6 (4). “Bavariya” (1,169 mlrd)

7 (8). PSJ (1,071 mlrd)

8 (7). “Chelsi” (1,051 mlrd)

9 (10). “Tottenhem” (868 mln)

10 (9). “Arsenal” (796 mln)

Izoh: qavs ichida klubning 2019-yildagi o‘rni ko‘rsatilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют