» » Asadjon Xo‘jayev AOKA direktori lavozimiga tayinlandi

Asadjon Xo‘jayev AOKA direktori lavozimiga tayinlandi


Asadjon Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar qilgan.

Asadjon Xo‘jayev 2003–2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2004–2011-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari, 2011-2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori, 2012-2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri apparati mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Xo‘jayev 2019-yil 14-noyabrda O‘zbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlangandi. U bunga qadar 2018-yilning avgustidan boshlab Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi, keyinchalik 2018-yil noyabr oyidan “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 29-yanvarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA)da administratsiya rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tgan va AOKA direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov va direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bog‘liq murojaatlarini Prezident administratsiyasiga kiritgani va Prezident administratsiyasi tomonidan ushbu murojaatlari ko‘rib chiqilib, qondirilgani haqida e’lon qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют