» » Toshkent shahrida 111 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda COVID-19’ga chalinganlarning umumiy soni 22 585 nafarga yetdi

Toshkent shahrida 111 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda COVID-19’ga chalinganlarning umumiy soni 22 585 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 29-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra yana 211 nafar kishida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 22 585 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

Kun davomida yangi kasallanish holatlarining qayd etilishi bo‘yicha yangi antirekord kuzatildi (soat 10:00da +276 va 17:00da +205) jami 692 nafar kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlandi.

Shuningdek, 29-iyulda kun davomida Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Surxondaryo viloyatida 93 nafar, Sirdaryo viloyatida 29 nafar, Andijon viloyatida ham 29 nafar, Farg‘ona viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 672 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 12 937 nafarni (57 foiz) tashkil qilmoqda. 9 517 nafar bemorga shifokorlar belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri Sog‘liqni saqlash vazirligi 131 nafar bemorning koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganini xabar qilgan. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, infeksiya asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 137 nafarni tashkil etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan.

Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq ushbu olti holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют