» » Chinozda Cobalt va Lacetti to‘qnashdi. YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan

Chinozda Cobalt va Lacetti to‘qnashdi. YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan


Toshkent viloyati Chinoz tumanida Cobalt hamda Lacetti mashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra 2020-yil 29-iyul kuni soat taxminan 09:00 larda Chinoz tumani, Chinmasjid MFY hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘lida Lacetti hamda Cobalt to‘qnashgan.

Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 1981-yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvidagi Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi beton bordyurdan qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va 1977-yilda tug‘ilgan A. G‘. boshqaruvidagi Cobalt’ga urilgan.

To‘qnashuv oqibatida Lacetti ichida bo‘lgan yo‘lovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Toshkent shahridagi istiqomat qiluvchi R.O. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Lacetti R.Sh. og‘ir tan jarohati olgan va Chinoz tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB yo‘llarda belgilangan tezlik talablariga, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqirgan. Yo‘l xatoni kechirmasligini eslatgan.

Avvalroq 2020-yil aprel oyida Toshkent viloyatida haydovchining YTH sodir etib, qochib ketishi oqibatida 33 yoshli V.R. ismli fuqaro vafot etgani, may oyida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududida sodir bo‘lgan YTHda 20 yoshli O.V. ismli shaxs tan jarohati olib shifoxonaga yotqiziligani va u yerda hayotdan ko‘z yumgani, 29-iyulda esa Sirdaryo viloyatida Isuzu va Lacetti avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasida yengil avtomobil yonib ketgani, lekin haydovchi va yo‘lovchilarga shikast yetmagani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют