» » JSST Vyetnamda koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

JSST Vyetnamda koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berdi


Vyetnamning Danang shahrida paydo bo‘lgan koronavirusning yangi shtammi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarida xavotir uyg‘otmadi. Bu haqda tashkilotning Vyetnamdagi vakili Kidon Parkka tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

JSST vakilining ma’lum qilishicha, Danang shahrida aniqlangan yangi shtamm yuqumlilik jihati bo‘yicha boshqalaridan farq qilmaydi.

“Virusning aylanib yurgan ko‘rinishlarida mutatsiyalar paydo bo‘lishiga qaramasdan, xavotirning oshishiga sabab yo‘q. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, COVID-19’ning yuqumliligi va xavfliligi o‘zgarmagan”, — deya ma’lum qilgan Kidon Park.

Avvalroq Vyetnam hukumati kurort bo‘yidagi Danang shahrida va unga yaqin provinsiyalarda COVID-19’ning tarqalishiga bunga qadar mamlakatda uchramagan virusning yangi turi sabab bo‘lganini ma’lum qilgandi.

So‘nggi besh kun ichida Danang shahrida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 29 ta yangi holat aniqlangan.

Vyetnamlik shifokorlarning ma’lum qilishicha, bu shtamm koronavirusning shu paytgacha ma’lum bo‘lgan turlaridan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin, chunki u bemorlarning ahvolini tezroq og‘irlashishiga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Danang shahrida koronavirus aniqlangani sababli shahardan 80 ming nafar sayyohni evakuatsiya qilish boshlangandi. Shuningdek, Vyetnamning Xoyan shahri koronavirus sabab sayyohlar uchun yopilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют