» » Koronavirus sabab “Paxtakor”ning 13 nafar futbolchisi O‘zbekiston termasining avgust oyidagi yig‘inida qatnashmaydigan bo‘ldi

Koronavirus sabab “Paxtakor”ning 13 nafar futbolchisi O‘zbekiston termasining avgust oyidagi yig‘inida qatnashmaydigan bo‘ldi


O‘zbekiston terma jamoasining avgust oyidagi yig‘iniga jalb qilingan tarkibda o‘zgarish yuz berdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, “Paxtakor” futbol klubining yig‘inga chaqirilgan 13 nafar vakili o‘rniga boshqa futbolchilar jalb etiladi. Ta’kidlanishicha, 29-iyul kuni “Paxtakor” futbolchilari orasida koronavirusga chalinish holati qayd etilgan.

Shu sabab “Paxtakor” futbolchilari o‘rniga quyidagi o‘yinchilar terma jamoadan chaqiruv olgan:

Abbos Otaxonov (“Metallurg”), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Iskandar Shayqulov (“So‘g‘diyona”), Hojimat Erkinov (OKMK), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912“), Abbosjon G‘ulomov (“Navbahor”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912“), Jasur Hasanov (“So‘g‘diyona”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Odil Ahmedov ijrosidagi top-10 golni tomosha qiling (video)

Shu tariqa yig‘inga chaqiriladigan kengaytirilgan tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Metallurg”), O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Mashhur Muhammadjonov (“Nasaf”);

Himoyachilar: Abbos Otaxonov (“Metallurg”), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Bunyodkor”), Iskandar Shayqulov (“So‘g‘diyona”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”), Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Anzur Ismoilov (“Paxtakor”), Igor Golban (“Navbahor”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Xusniddin Aliqulov (“Nasaf”), Dilshod Ahmadaliyev (“Bunyodkor”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”), Husniddin G‘ofurov (“Surxon”);

Yarim himoyachilar: Abbosjon G‘ulomov (“Navbahor”), Quvondiq Ro‘ziyev (“Qo‘qon-1912”), Jasur Hasanov (“So‘g‘diyona”), Hojimat Erkinov (OKMK), Lutfulla To‘rayev (“Bunyodkor”), Oybek Bozorov (“Nasaf”), Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor”), Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”), Abdulla Abdullayev (“Bunyodkor”), Islom Kenjaboyev (“Nasaf”);

Hujumchilar: Bobur Abduxoliqov (“Nasaf”), Shahzod Ubaydullayev (“Metallurg”), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Yig‘in 3—10-avgust kunlari “Bunyodkor” stadionida yopiq tarzda o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют