» » 38 yoshli Zlatan Ibragimovich A Seriya tarixiga kirdi

38 yoshli Zlatan Ibragimovich A Seriya tarixiga kirdi


“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich A Seriya 37-turidan o‘rin olgan “Sampdoriya”ga qarshi bahsda (4:1) dubl muallifiga aylandi.

Shvetsiyalik futbolchining “Milan” safida A Seriyadagi gollari soni 51 taga yetdi.

Shu tariqa Zlatan “Inter” va “Milan” safida Italiya chempionatida kamida 50 tadan gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Ibragimovich “Inter” libosida 57 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

38 yoshli futbolchi A Seriya 2019/20-yilgi mavsumida 17 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Zlatan Ibragimovich oddiy gol ura olmaydi. Uning ijrosidagi top-10 golni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют