» » Karantin sababli qariyb 500 ming o‘zbekistonlik xorijda ishlashga keta olmagan

Karantin sababli qariyb 500 ming o‘zbekistonlik xorijda ishlashga keta olmagan


Karantin cheklovlari natijasida 500 mingga yaqin fuqaro xorijda ishlash uchun rejalashtirgan joylariga keta olmagan. Bu haqda 29-iyul kuni OAKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Maryam Abdukarimova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan 76 ming fuqaro mehnat organlari tomonidan ish bilan ta’minlandi. Jumladan, 68 ming fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Ularning ish haqi to‘lovi Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirib berildi.

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar ajratish orqali 6,5 ming fuqaro, shundan 4 mingga yaqin fuqaro shaxsiy tomorqalarida va 2,6 ming fuqaro kooperativlarga a’zo sifatida biriktirilib, bandligi ta’minlandi.

6-iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Mahmudov ham ushbu raqamlarga yaqin ma’lumotlarni tilga olgan edi — pandemiya sababli xorijga ishlashga keta olmagan 76,2 ming fuqaroning bandligi ta’minlangan.

“O‘tgan davrda 68,7 ming fuqaro jamoat ishlariga jalb etilib, ularning ish haqi uchun 21,8 milliard so‘m Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirib berildi, — deydi T.Mahmudov. — Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar ajratish orqali 6,5 ming, shundan 3,9 ming fuqaro shaxsiy tomorqalarida va 2,6 ming fuqaro kooperativlarga a’zo sifatida biriktirilib, bandligi ta’minlandi”, — deya Mehnat vazirligi vakilining so‘zlarini keltirgan edi O‘zA.

O‘shanda 2020-yilning olti oyida 219 ming 657 nafar fuqaro mehnat migratsiyasidan qaytib kelgani qayd etildi. Jumladan, 122 ming 805 nafari Rossiyadan, 63 ming 636 nafari Qozog‘iston, 7144 nafar Turkiya, 3376 nafar Janubiy Koreyadan keldi. Hozirda xorijdan qaytganlarning 201,4 ming nafari o‘rganildi va ularning 100,6 ming nafarining bandligi ta’minlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra qaytgan fuqarolarning 49,6 foizi chet davlatlarda qurilish yo‘nalishida, 11,4 foizi sanoat korxonalarida, 10,1 foizi qishloq xo‘jaligi ishlarida, 13,1 foizi savdo, 15,9 foizi boshqa yo‘nalishlarda ishlagan. Rossiyada og‘ir vaziyatda va ishsiz qolgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Birgamiz.com” va “Anketa.migration.uz” veb-saytlari, Call-markaz va Telegram kanali joriy etilib, 20,2 mingdan ortiq fuqaroga ishga joylashtirish choralari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyul holatida Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Jamoat ishlari jamg‘armasiga band bo‘lmagan aholini vaqtinchalik ishlarga jalb etish ishlari uchun 200 milliard so‘m ajratilgan. Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga esa ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga tomorqa uchastkalarini yaxshilash uchun 50 mlrd so‘m taqdim etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют