» » Uchtepadagi Atlas mebellar markazi qayta jihozlanib, 1008 ta koyka o‘rnatilmoqda

Uchtepadagi Atlas mebellar markazi qayta jihozlanib, 1008 ta koyka o‘rnatilmoqda


Poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan Atlas mebel markazida koronavirusga qarshi kurash doirasida navbatdagi taqsimlash markazi tashkil etilmoqda, deya xabar beradi “Kun.uz”

Markazda koronavirusga gumon qilinayotgan fuqarolarni vaqtincha saqlab turish uchun 1008 ta koykadan iborat joy hozirlanmoqda.

Bu yerda fuqarolarga zaruriy birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Hozirda binoni moslashtirish va koykalarni o‘rnatish jarayoni ketmoqda, deb xabar beradi “Kun.uz” muxbiri.

Ayni paytda Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz”ning 3-pavilyonida 1000 o‘rinlik maxsus markaz faoliyat yuritmoqda (mas’ul – Toshkent shahar hokimligi). Shuningdek, 1 va 2-pavilyonlarda yana 814 ta koyka tayyorlanmoqda (mas’ul – Mudofaa vazirligi gospitali).

Bundan tashqari, yaqin 2-3 kun ichida Yunusoboddagi gimnastika saroyida 750 o‘rinli (mas’ul – IIV gospitali), Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida 520 o‘rinli (mas’ul – DXX gospitali) birinchi tibbiy yordam markazlari foydalanishga topshirilishi kutilyapti.

Sergeli tumanidagi 2-son BO‘SM 250 o‘rinli davolash maskani etib qayta jihozlanyapti.

Bundan avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasi va Chilonzor tumanidagi Cardio Star Plus xususiy klinikasi (50 ta o‘rin) ham koronavirusga gumon qilinganlarni vaqtincha saqlash maskanlariga aylantirilgani aytilgandi.

Bu markazlarda koronavirusga gumon qilinganlarga tashxis qo‘yish, zaruratga ko‘ra davolash uchun sharoit yaratilayotgani, ular pandemiya talablari asosida jihozlanib, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlanayotgani xabar qilingan.

29-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda COVID-19 uchun mo‘ljallangan 10 ta maxsus poliklinika va koronavirusni davolashga moslashtirilgan 16 ta tibbiyot muassasasi ro‘yxatini e’lon qildi.

Mavzuga doir: Toshkentda COVID-19’ga moslashtirilgan shifoxonalarga koronavirusga chalingan bemorlarni yotqizish to‘xtatiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют