» » Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi


Ulug‘bek Muhammadiyev Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Ulug‘bek Muhammadiyev 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2003-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan, mutaxassisligi matematik, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining ish yurituvchisi lavozimidan boshlagan.

Ulug‘bek Muhammadiyev shu kunga qadar O‘zbekiston Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari agentligining oldingi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev iyun oyi oxirlarida O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi lavozimiga tayinlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют