» » Chiro Immobile “Oltin butsa” uchun kurashda Levandovskidan o‘tib ketdi

Chiro Immobile “Oltin butsa” uchun kurashda Levandovskidan o‘tib ketdi


“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile A Seriya 37-turida “Breshiya”ga qarshi kechgan bahsda (2:0) gol urishga erishdi.

Endilikda futbolchining hisobida Italiya chempionatidagi 36 o‘yinda 35 ta gol bor. Immobile “Oltin butsa” uchun kurashda “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini ortda qoldirdi. Polshalik futbolchi 31 o‘yinda 34 ta gol urgandi.

Levandovski Bundesligada mavsum yakunlangani sabab o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilay olmaydi. Shu tariqa Robert “Oltin butsa” uchun kurashdan chiqdi.

Uchinchi o‘rinda ketayotgan “Yuventus” futbolchi Krishtianu Ronalduning hisobida 31 ta gol mavjud. Oldinda A Seriyaning so‘nggi tur o‘yinlari (“Roma”ga qarshi) kutib turibdi va portugaliyalik hujumchi nazariy jihatdan bo‘lsa ham hali “Oltin butsa” poygasida g‘olib bo‘lishga imkoniyatni saqlab qolmoqda.

Robert Levandovskining Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumidagi 34 ta golini bitta videoda tomosha qiling

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют