» » Oliy ta’lim vazirligi: “Kontrakt narxini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti”

Oliy ta’lim vazirligi: “Kontrakt narxini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti”


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020/2021-o‘quv yilida kontrakt miqdorini oshirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati rahbari Farhod Babashevga tayanib, “Kun.uz” xabar berdi.

Vazirlik vakili kuzgi semestrda o‘qish masofadan tashkil etilsa yoki ayrim kurslarda o‘qish sentabrdan emas, oktabr oyidan boshlansa, kontrakt narxi ham shunga mos tarzda kamaytirilishi yoki o‘zgarmasligiga oydinlik kiritgan.

Farhod Babashev dastlab pandemiya munosabati bilan e’lon qilingan karantin cheklovlari davrida OTMlarning barcha professor-o‘qituvchi va xodimlariga belgilangan tartibda ish haqlari va mehnat ta’til pullari o‘z vaqtida to‘liq, jumladan, talabalarga stipendiya to‘lovlari ham amaldagi normativ hujjatlar asosida to‘lab kelinayotganini ta’kidlagan.

“Bu borada talabalarga professor-o‘qituvchilar 2020-yilning 1-aprelidan boshlab, masofaviy ish rejimiga o‘tgan holda tasdiqlangan fan dasturlari asosida belgilangan darslarni onlayn ko‘rinishida o‘tib kelmoqda. OTMlar talabalarga masofaviy (onlayn) ta’lim berish joriy etilgani munosabati bilan uni tashkil etish va moddiy bazasini yaratishga qo‘shimcha mablag‘lar sarflamoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori, o‘qitishning haqiqiy xarajatlariga nisbatan kam (bugungi kunda xarajatlarning 69 foizini qoplamoqda xolos) belgilangani sababli to‘lov-kontrakt miqdorlarini kamaytirishning imkoni mavjud emas”, – deydi Farhod Babashev.

Babashevning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli fuqarolarning iqtisodiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolganini inobatga olgan holda vazirlik 2020/2021-yilgi o‘quv mavsumida talabalarning to‘lov-kontrakt miqdorida o‘zgarish qilishni rejalashtirmayapti.

“Bu borada tegishli hujjat yaqin kunlarda OAVga e’lon qilinadi. Shu hujjatda batafsil barchasini ko‘rishingiz mumkin”, – deydi vazirlik matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 16-martdan barcha ta’lim muassasalari qatori OTMlarda ham o‘qish to‘xtatilib, ta’til e’lon qilingan, keyinchalik ta’lim masofaviy shaklda tiklangan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan OTMlar to‘lov-kontrakt miqdorini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют