» » Merkel Trampga Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimlari shartlarini 11-urinishdan so‘ng tushuntirishga erishdi

Merkel Trampga Yevropa Ittifoqi bilan savdo bitimlari shartlarini 11-urinishdan so‘ng tushuntirishga erishdi


Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Trampga Vashington qanday shartlar asosida Germaniya bilan savdo kelishuvini tuzishi mumkinligini 11-urinishdan so‘ng tushuntirishga erishdi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Amerika yetakchisi Yevropa Ittifoqi iqtisodiy tuzilishi amal qilishini “tushunmasligi bilan” ajralib turganligi ta’kidlanmoqda.

“Tramp Merkel xonimdan Germaniya bilan savdo bitimi tuza olishi mumkinligi haqida o‘n marta so‘radi. Merkel har safar u Germaniya bilan bitim tuza olmasligi, kelishuvni faqat Yevropa Ittifoqi bilan tuzishi mumkinligini ma’lum qildi. O‘n birinchi rad etishdan so‘ng Tramp, va nihoyat, uni tushundi”, — deya hikoya qiladi kanslerga yaqin manba.

Merkel bilan suhbatdan so‘ng AQSh prezidenti Yevropa Ittifoqi bilan bitim tuzishga qaror qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют