» » Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi

Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi


Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda o‘quv yilini qay tarzda boshlash ustida o‘rganishlar olib bormoqda, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.

Xalq ta’limi vazirligi o‘z vakolatidan kelib chiqib o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3 ta ssenariy ustida ish olib bormoqda:

1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilarimiz uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda.

2-ssenariy: Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

3-ssenariy: Gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o‘tkaziladi. Faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon berilishi ko‘zda tutiladi, ya’ni davomat erkin bo‘ladi oddiy darsda qatnashsa ham yoki onlayn dars orqali qatnashsa ham.

Yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Ta’kidlanishicha, karantin qoidasi o‘zgarishidan qat’i nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, o‘qituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют