» » Jafar Irismetov Oston O‘runov haqida: Uni kuchsiz legioner deb yozishibdi. Ammo hozirgi “Spartak”da kim kuchli?

Jafar Irismetov Oston O‘runov haqida: Uni kuchsiz legioner deb yozishibdi. Ammo hozirgi “Spartak”da kim kuchli?


“Spartak”ning sobiq hujumchisi, ayni damda “Paxtakor” klubi tizimida faoliyat olib borayotgan Jafar Irismetov “Ufa” yarim himoyachisi Oston O‘runovning “Spartak” klubiga o‘tishi imkoniyatlarini baholadi.

— Uni qaysi pozitsiyada ko‘ryapsiz?

— Men uni tayanch zonasida ko‘rmoqdaman. Markaziy yarim himoya ham, biroq hujum ortida emas. Pas berish u uchun emas. U ko‘proq hujumlarni to‘xtatadigan futbolchi.

— Qanotlarda imkoniyati qanday?

— Buni ham qila oladi. Oston — universal futbolchi, ammo fikrimcha, uning imkoniyatlari qanotda cheklangan.

— U “Spartak”da o‘ynab keta oladimi?

— Men Ostonni go‘yo kuchsiz legioner, hech narsaga yaramaydi deb yozishganini o‘qidim. Hozirgi “Spartak”da kim kuchli? Men bilan eng zo‘r futbolchilar raqobatlashardi. U bilan esa Til va Kral raqobatlashadi. Ular eng zo‘rlarimi? “Spartak” ular bilan 7-o‘rinni egalladi. Ha, o‘zbekistonlik yigit, nima qilibdi? Shomurodovning kelib chiqishi uning o‘yiga xalal berdimi? O‘zbekistonda iste’dodli futbolchilar ko‘p. Faqat Rossiya chempionati uslubiga hamma ham mos kelavermaydi. Ammo O‘runov bundan mustasno. U barcha xislatlarga ega, u bilan ozgina taktik jihatdan ishlash lozim.

— Uning fe’l-atvori haqida nima deya olasiz?

— Biroz qaysar. Agar biror narsani xohlasa, shunga intiladi. Ehtimol, Rossiyada o‘zgarar. Asosiysi, uning atrofida to‘g‘ri odamlar bo‘lishi.

— U rus tilini yaxshi tushunmaydi. Bu muammo bo‘ladimi?

— Men ruschada yaxshi gapirganman, lekin bu menga ko‘p ham yordam bermagan. U hali yosh, menimcha, tezda o‘rganib oladi.

— Sizningcha, “Spartak” uni 5-10 millionga sota oladimi?

— Biron nima deyish qiyin. Shomurodovni bu pulga sotish osonroq. Ammo Osiyoda har doim ham himoyaviy o‘yinchilar yetishmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Spartak” Oston O‘runov transferi borasida “Ufa” bilan kelishib olgani va futbolchi koronavirusdan xalos bo‘lishi bilan shartnoma rasmiylashtirilishi xabar qilingandi. Transfer 2 million yevroga baholangan. 19 yoshli futbolchi moskvaliklar safida yiliga 600 ming yevro maosh oladi.

Oston O‘runov kecha paydo bo‘lib qolgan futbolchi emas. Bunga ushbu video orqali guvoh bo‘lishingiz mumkin (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют