» » Tereza Mey yanglish gapirib qo‘ydi va turizmga qarshi kurashga chaqirdi

Tereza Mey yanglish gapirib qo‘ydi va turizmga qarshi kurashga chaqirdi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 25-aprel, seshanba kuni Uelsda so‘zlagan nutqida yanglish gapirib qo‘ydi, deb yozadi “TASS”. U mamlakat turizmga qarshi jahon kurashiga bosh bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi.

“…biz Britaniya tovar va xizmatlarini eksport qilish uchun butun dunyo bo‘ylab savdo bitimlarini tuzishni istaymiz. Biz turizm oldini olishda dunyoni ergashtirishni istaymiz”, — dedi Mey.

Shundan keyin bosh vazir zamonaviy dunyodagi qullik muammosini va milliy xavfsizlik masalasini tilga oldi, bu Britaniya OAVlariga Mey yanglishgan va aslida terrorizmni nazarda tutgan deb taxmin qilish uchun vaj bo‘ldi.

Buyuk Britaniya hukumati rahbarining o‘zi bu xatolikka e’tibor bermadi va o‘z xatosini tuzatmasdan, xotirjamlik bilan nutqini davom ettirdi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют