» » Turkiya COVID-19’ga qarshi “keskin choralar”ni joriy etishni rejalashtirmoqda

Turkiya COVID-19’ga qarshi “keskin choralar”ni joriy etishni rejalashtirmoqda


Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja mamlakatning markaziy va sharqiy mintaqalarida koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishi sababli “keskin choralar” joriy etilishi mumkinligini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.

“Turkiyaning markaziy va sharqiy viloyatlarida kasallanishning hali eng cho‘qqisiga erishilmadi, koronavirus bilan kasallanish holatlari asta-sekin o‘sib bormoqda. Agar kerak bo‘lsa, keskin choralar ko‘rilishi mumkin”, – dedi Ko‘ja.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 31-iyuldan 3-avgustgacha Turkiyada nishonlanadigan Qurbon hayiti paytida rasmiylar yangi cheklovlarni joriy qilmoqchi emas.

Mavzuga doir: Istanbuldagi muzeydan masjidga aylangan Avliyo Sofiyada 86 yildan beri birinchi marta juma namozi o‘qildi (foto)

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 29-iyul kuni Turkiyada 942 ta yangi kasallanish holati aniqlangan, 14 kishi vafot etgan. Pandemiya vaqtida 228 924 kishida koronavirus aniqlangan, jami 5659 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют