» » Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika kardiologiya markazida davolanmoqda

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika kardiologiya markazida davolanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

“Bemorning ahvoli qoniqarli holatda”, — deb yozmoqda SSV matbuot xizmati. Xabarda Shodmonovning qachondan buyon davolanishda ekanligi yozilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni Prezident raisligidagi yig‘ilishda koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun Alisher Shodmonovga hayfsan berilgandi. 18-iyul kuni SSV matbuot xizmati Alisher Shodmonov koronavirus bemorlarini davolashda yangi taktika ishlab chiqish uchun Qoraqalpog‘istonga borgani haqida xabar berdi. Shodmonov u yerga nafaqat yangi taktika ishlab chiqish uchun, balki koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning ahvolini xorijlik mutaxassislar bilan videokonferensiya orqali muhokama qilish uchun ham borgani ma’lum bo‘lgandi.

29-iyul kuni Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlangani va u davolanayotgani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют