» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 ming kishidan, tuzalganlar esa 13 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 ming kishidan, tuzalganlar esa 13 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 30-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 206 kishiga ko‘payib, 23 078 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarining

Vazirlikning xabar berishicha, 30-iyul kuni Toshkent shahrida 276 nafar, Toshkent viloyatida 152 nafar, Andijon viloyatida 33 nafar, Sirdaryo viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar hamda Buxoro viloyatda ham 6 nafar, jami 495 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 13 432 nafar fuqaro sog‘aydi va tuzalish ko‘rsatkichi 58 foizni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi shu kunga qadar koronavirus oqibatida 134 kishining vafot etgani haqida ma’lum qilgan.

Hozirda mamlakatda 9512 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir: Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika kardiologiya markazida davolanmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют