» » Amerikalik olimlar qizdirilgan tamakining zararsizligi haqidagi fikrlarni rad etdi

Amerikalik olimlar qizdirilgan tamakining zararsizligi haqidagi fikrlarni rad etdi


So‘nggi vaqtlarda IQOS, GLO kabi qizdirilgan tamaki uskunalarini chekuvchilar soni sezilarli ko‘paydi, bunday qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar esa uning sigaretga nisbatan xavfsiz ekanini ta’kidlab keladi. Biroq Kaliforniya universiteti olimlarining xulosalariga ko‘ra, qizdirilgan tamakining tutuni xavfli va hatto kanserogen xususiyatga ega.

Ma’lum bo‘lishicha, IQOS uskunasi tutunining 56 ingrediyenti sir tutilgan hamda ularda zararli va zaharli moddalar me’yoridan 10 karragacha ko‘pligi aniqlangan. Shu bilan birga ishlab chiqaruvchi saraton kasalligiga olib keluvchi 50 ta ingrediyent mavjudligini ham sir tutgan.

Ayni vaqtda yallig‘lanish, gipoksiya, qon bosimi, xolesterin, o‘pka faoliyatiga ta’sir bo‘yicha IQOS va sigaret chekuvchilarda deyarli farq aniqlanmagan. Bu, tadqiqotchilarning fikricha, qizdirilgan tamaki uskunalari zararlilik darajasi bo‘yicha sigaretdan qolishmasligidan darak beradi.

Shu munosabat bilan qizdirilgan tamakining zararsizligi haqidagi tasdiqlanmagan gap-so‘zlar aholini, birinchi galda yoshlarni, shu bilan birga, bu turdagi mahsulotlarni qonun bilan tartibga solish ustida ishlayotgan vakolatli organlarni ham chalg‘itishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

"Boshqa mamlakatlar qilgan xatolarini takrorlab, qizdirilgan tamaki mahsulotlarini qonunlar doirasidan tashqarida qolib ketishiga ko‘z yumib turishimiz mumkin emas. Masalan, AQShda buni tartibga solish ancha kech boshlangan, unga qadar tamaki kompaniyalari o‘z mahsulotlarini eng ko‘pini ‘o‘ngga-chapga’ qilib, ayniqsa o‘smirlarga tarqatgan. Natijada 2018-yilda o‘smir yoshida chekadigan bolalar soni 36 foizga ko‘paygan. Oqibatda uzoq yillar davomida sa’y-harakatlar natijasida qo‘lga kiritilgan bolalar o‘rtasida chekishning pasayish tendensiyasi chipakka chiqdi. Qizdirilgan tamakilar aynan o‘smirlar bug‘ va ‘tutun’ni ota-onalaridan yashirishlari uchun modellashtirilgan”, — deb hisoblaydi bloger va yurist Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Kuzatuvchilarning fikricha, qizdirilgan tamaki sigaret chekishga qaraganda zararli emas degan da’vo o‘smirlar va yangi chekuvchilar uchun bu zararli odatga o‘rganib qolishning ibtidosi hisoblanadi. Qayd etishlaricha, bunday uskunalarda aksariyat hollarda nikotin miqdori sigaretdagidan ham ko‘p bo‘ladi va zararli odatga o‘rganib qolish ta’siri yo‘qolmaydi hamda undan xalos bo‘lishga yordam bermaydi.

Shu sababli, mutaxassislarning fikricha, tutun va qizdirilgan tamakilarining sigaretlar bilan qonuniy tenglashtirish har qachongidan ham zarur va dolzarbdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют