» » Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan

Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan


Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Bu haqda 30-iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi Anvar Alimov ma’lum qildi. Avvalroq, 18-iyul kuni Musa Yerniyazovning koronavirusga chalingani tasdiqlangan edi (uning betobligi haqidagi xabarlar iyul oyi boshidayoq tarqalgan edi).

“Men kuni kecha Qoraqalpog‘istondan keldim, Musa Yerniyazov davolanayotgan klinikada uch kun bo‘ldim. U haqiqatan ham akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolmanmoqda. Respirator muolajalar olmoqda, o‘pkani sun’iy shamollatish tartibida davolanmoqda. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, uni Turkiya yo boshqa biror joyga olib chiqish haqida gap yo‘q. Unga qarayotgan shifokorlar bilan bugun ham gaplashdik, u hozir Qoraqalpog‘istonda davolanmoqda”, — dedi Anvar Alimov.

Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, Musa Yerniyazovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolmanmoqda.

“U yerda Toshkentdan ikki shifokor va mahalliy, Nukusdagi shifokorlar ishlayapti, mana, Anvar Valiyevich borib keldilar, o‘tgan safar birga borib kelgandik. Turkiyalik shifokorlar guruhi kelganida, germaniyalik mutaxassislar bilan muloqot bo‘lganida, biz Nukus bilan videokonferens-aloqa tashkil etgandik. O‘shanda Buxoro, Xorazmdagi bir qator bemorlar bilan bir qatorda Nukusda davolanayotgan Musa Yerniyazovning ahvoli bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tgan va shunga asosan davolash rejasiga tegishli tuzatishlar kiritilgan edi”, — deya qo‘shimcha qildi Oqilov.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev “Daryo” so‘roviga javoban Musa Yerniyazovning davolanish uchun Turkiyaga olib ketilgani haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qilgan edi.

“Hech bir bemor Turkiyaga ketgani yo‘q. Turkiyalik mutaxassislar O‘zbekistondagi og‘ir ahvoldagi bemorlar bo‘yicha onlayn konsultatsiya qilish uchun tashrif buyurgan. Ushbu bemorlar qatorida Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning holati bo‘yicha onlayn konsultatsiya bo‘ldi, davolash standartlariga tuzatishlar kiritildi”, — deya ma’lum qilgandi SSV matbuot kotibi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют