» » Lamborghini 830 ot kuchiga ega Essenza SCV12 giperkarini namoyish etdi (foto)

Lamborghini 830 ot kuchiga ega Essenza SCV12 giperkarini namoyish etdi (foto)


Automobili Lamborghini kompaniyasi Squadra Corse sport bo‘linmasi va Centro Stile dizanerlari tomonidan yaratilgan eng kuchli giperkarini — Essenza SCV12’ni taqdim etdi. Faqatgina poyga yo‘llari uchun mo‘ljallangan giperkardan 40 nusxa ishlab chiqariladi, deb xabar beradi Motor.

Mazkur yangi model Aventador SVJ bazasida yaratilgan bo‘lib, eng kuchli Lamborghini motori — 830 ot kuchiga ega 6,5 litrli V12 atmosfera dvigateli bilan jihozlangan. Orqa bosimni pasaytirishga xizmat qiladigan tizim mashina samaradorligini yaxshilaydi.

Shtangalar yordamida itarilib turuvchi orqa “podveska” Xtrac olti pog‘onali uzatmalar qutisi karteriga bevosita qotirilgan bo‘lib, u giperkarning poyga vaqtida manyovr qilishini va bardoshliligini oshiradi. Old tomoni 19, orqasi 20 dyuymli magnit g‘ildirak diskalariga Pirelli shinalari kiygizilgan. Tormozlar Brembo’niki.

Essenza SCV12 GT3 klassidagi modellardan pastga bosuvchi kuchning kattaligi bilan farq qiladi — soatiga 250 kilometr tezlikda 1200 kilogramm. Mashina kapotidan xuddi Huracan’dagi kabi ikkitalik havo aylantirgich o‘rin olgan bo‘lib, u sovuq havoni motorning havo panjarasiga haydab, radiatordan issiqlik olib ketadi. Old qismiga massiv splitter, orqasiga — boshqariluvchi ikkita antiqanot o‘rnatilgan.

Quvvatning og‘irlikka nisbati bir kilogramm uchun 1,66 ot kuchini tashkil etadi — bunga karbondan tayyorlangan karkassiz monokok yordamida erishilgan.

Essenza SCV12’ning bo‘lajak egalari uchun Lamborghini shtab-kvartirasi Sant-Agata-Bolonyezada alohida bokslarga ega kamerali garaj tayyorlab qo‘ygan. Maxsus ilova yordamida giperkarni sutkasiga 24 soat kuzatish mumkin.

Mavzuga doir: Yangi Lamborghini superkarining tashqi ko‘rinishi fosh etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют