» » Koronavirus tufayli “Barselona” — “Napoli” uchrashuvi Kataloniyada o‘tkazilmasligi mumkin

Koronavirus tufayli “Barselona” — “Napoli” uchrashuvi Kataloniyada o‘tkazilmasligi mumkin


Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Barselona” va “Napoli” jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi neytral maydonda o‘tkazilishi mumkin.

RAC1 xabariga ko‘ra, UEFA uchrashuvni Portugaliyaga ko‘chirmoqchi. Boisi tashkilot Kataloniyadagi epidemiologik vaziyatdan xavotirda.

Tashkilot koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab mahalliy sog‘liqni saqlash departamentiga so‘rov yuborgan. Agarda departament bellashuvni o‘tkazish futbolchilarga xavf tug‘diradi degan xulosaga kelsa, uchrashuv boshqa hududga ko‘chiriladi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvning qayerda bo‘lib o‘tishi borasidagi yakuniy qaror ushbu hafta oxirigacha qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” — “Napoli” o‘yini 8-avgust sanasiga belgilangan. Tomonlarning Neapolda bo‘lib o‘tgan ilk to‘qnashuvida 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan.

Mavzuga doir:

Lionel Messining “Real” darvozasiga “Kamp Nou”da urgan 10 ta goli (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют