» » O‘zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

O‘zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan


O‘zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov 30-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.

Habibulla Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftadagi ma’lumotlar bo‘yicha O‘zbekistonda 540 nafardan ortiq tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan.

Shuningdek, professor Oqilovning ta’kidlashicha, Zangiotada faoliyatini boshlagan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida havo aylanish tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgani sababli bu muassasada birorta ham tibbiyot xodimi koronavirus bilan kasallanmagan. Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ham shu fikrni aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 23-iyuldagi farmoniga muvofiq, koronavirus bilan kasallanib vafot etgan to‘rt nafar tibbiyot xodimi “Jasorat” medali bilan mukofotlangandi. Ular qatoridan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi markaziy poliklinika shifokori Alisher Uralov, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika katta hamshirasi Feruza To‘xtayeva, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali nevrologiya bo‘limi katta hamshirasi Zulfiya Jumaniyozova hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Hamroqulov o‘rin olgan.

Bundan tashqari, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabarlar berilgan.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatida koronavirusdan vafot etgan ilk bemor ham 69 yoshli tibbiyot xodimi bo‘lgan. Qoraqalpog‘istonda yana bir shifokor koronavirus qurboniga aylanganini Nurmat Otabekov tasdiqlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют