» » Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan


O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingan. Bu haqda Koronavirus Info Telegram kanali xabar berdi.

30-iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘ktam Barnoyev koronavirusga chalingani bo‘yicha savol berildi. Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Anvar Alimov “Tasdiqlay olamiz. Hozir bemor koronavirus bilan kasallangan”, — deb javob berdi.

Ushbu anjuman davomida Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov ham koronavirusga chalingani ma’lum qilindi. Anjuman ishtirokchilari Buxoro viloyatining sobiq hokimi O‘ktam Barnoyev va viloyatning amaldagi rahbari Karim Kamolov haqidagi ma’lumotlarni chalkashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Anvar Alimov va Habibulla Oqilov anjumandan so‘ng “Daryo” muxbiri savollariga javob berdi va faqat Karim Kamolovning koronavirusga chalinganini tasdiqladi. O‘ktam Barnoyev bo‘yicha aniq javob bera olmadi.

“Daryo”ning hukumatdagi manbasi O‘ktam Barnoyevning chindan ham koronavirusga chalingani va hozirda davolanayotganini ma’lum qildi. Bosh vazir o‘rinbosari hozirda Akfa Medline xususiy klinikasida davolanmoqda. Unda qachon koronavirus aniqlangani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ushbu xodimlar bilan muloqot qilganlar karantinga olingani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют