» » Behzod Musayevga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi

Behzod Musayevga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda davolanayotgani haqida xabar berilgandi.

O‘zAning ma’lum qilishicha, hukumatning 30-iyuldagi qaroriga ko‘ra, bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni Prezident raisligidagi yig‘ilishda koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun Alisher Shodmonovga hayfsan berilgandi. 18-iyul kuni SSV matbuot xizmati Alisher Shodmonov koronavirus bemorlarini davolashda yangi taktika ishlab chiqish uchun Qoraqalpog‘istonga borgani haqida xabar berdi. Shodmonov u yerga nafaqat yangi taktika ishlab chiqish uchun, balki koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovning ahvolini xorijlik mutaxassislar bilan videokonferensiya orqali muhokama qilish uchun ham borgani ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют